“PES2015” 26 sentyabr kuni rasman sotuvga chiqadi

Tolibjon Qosimov
7 iyun 2014, 16:27
Pesonline.com.ua saytining ma'lumotlariga ko'ra ko'p millionlik muxlislarga ega bo'lgan “PES2015” virtual futbol o'yini rasman 2014 yil 26 sentyabr kuni sotuvga chiqishi rejalashtirilgan.
“PES2015” loyihasi muallifi bo'lgan Konami kompaniyasi Osiyo va Yevropa chempionlar ligasi, Libertadores kubogi va Ispaniya ligalari uchun licenziyalarni sotib olgan.  Bundes liga esa hozircha so'roq ostida. Angliya premer-ligasi licenziyasini “FIFA” virtual futbol o'yini  loyihasiga egalik qiluvchi  “EA sports” 2015 yilga qadar sotib olgan.

Hozirda bu o'yin ustida Buyuk Britaniya va Yaponiya mutaxassislari  hamkorlikda ish olib bormoqda. “PES2015” 9 iyundan 12 iyungacha o'tkaziladigan “E3 2014” ko'rgazmasida namoyish etiladi.

Eslatib o'tamiz, “PES2014” virtual futbol o'yinida Osiyo Chempionlar ligasida “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublari mavjud edi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia