Pellegrini "Roma" bilan shartnomasini uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
2 okt 2021
"Roma" sardori Lorenco Pellegrini "bo'rilar" safida qolishga qaror qildi.

Yangi kelishuv bo'yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi. 

"Roma"ning 25 yoshli tarbiyalanuvchisi "Stadio Olimpiko"da 2026 yilning yozigacha o'ynaydi. Uning oxirgi shartnomasi mavsum so'ngiga qadar mo'ljallangan edi. 

Rim klubi rasmiy saytining xabar berishicha, Pellegrinining yillik maoshi bonuslarsiz 4 million evroni tashkil qiladi. Faqat Temmi Abraxam undan ko'proq oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: asroma.com