

"Paxtakor" klubi O'zbekiston terma jamoasi hamda "Nasaf" posboni Eldorbek Suyunov bilan og'zaki kelishuvga erishgani haqida xabar bergandik.
Ammo "sherlar" bu bilan cheklanib qolishmoqchi emas. Shota Arveladze boshqaruviga o'tgan "Paxtakor" "Nasaf" himoyachisi Sherzod A'zamovni ham jamoaga olib kelishni rejalashtirmoqda. Bu borada muzokaralar ham boshlangan.
Katta ehtimol bilan "Paxtakor" klubi Eldorbek Suyunov bilan birgalikda "Nasaf" sardori Sherzod A'zamovni ham transferini sotib olishi mumkin.
Eldorbek Suyunov "Paxtakor" bilan og'zaki kelishuvga erishdi




