O'zbekistonlik hakamlar OCHLning muhim uchrashuvida ishlashadi

Alisher
17 apr 2021, 15:49
Xabaringiz bor, Hindistonning Goa shahrida tashkil etiladigan Osiyo chempionlar ligasi bahslarida faoliyat olib borish uchun o'zbekistonlik nazoratchi va hakamlarni taklif etilgandi.

E guruhi 2-turi doirasida kechadigan Al-Rayyan - Persepolis bahsi o'zbekistonlik hakamlar brigadasiga ishonib topshirildi. Ilgiz Tantashev ushbu o'yinda bosh hakam vazifasini bajaradi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynulin yordam beradi. 

O'yin bugun, Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz