O'zbekiston MTJning Qatar va KXDRga qarshi o'yinlar uchun tarkibi e'lon qilindi

Tolibjon Qosimov
6 noya 2024, 10:25
Xabaringiz bor, O'zbekiston MTJ noyabr oyida JCH-2026 saralashi doirasida ikkita o'yin o'tkazadi.

Har ikkala uchrashuvni ham safarda o'tkazamiz. Dastlab 5-tur doirasida 14 noyabr kuni Qatar mehmoni bo'lsak, 19 noyabr kuni 6-tur doirasida KXDR bilan bellashamiz.

O'FA matbuot xizmati bosh murabbiy Srechko Katanets noyabr oyidagi yig'inga kimlarni chaqirganini e'lon qildi.

O'zbekiston MTJning noyabr oyidagi FIFA kunlari uchun tarkibi:

Darvozabonlar: O'tkir Yusupov ("Fulad", Eron), Botirali Ergashev ("Neftchi"), Abduvohid Ne'matov ("Nasaf");

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Rubin", Rossiya), Umarbek Eshmurodov ("Selangor", Malayziya), Husniddin Aliqulov ("Rizespor", Turkiya), Abduqodir Husanov ("Lans" Fransiya), Farruh Sayfiev ("Navbahor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Sherzod Nasrullaev ("Nasaf"), Umar Adhamzoda ("Paxtakor");

Yarim himoyachilar: Jamshid Iskanderov ("Navbahor"), Aziz Turg'unboev ("Sivasspor", Turkiya), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Odiljon Hamrobekov ("Navbahor"), Abdulla Abdullaev ("Paxtakor"), Otabek Shukurov ("Al Feyha", Saudiya Arabistoni), Abdurauf Bo'riev ("Paxtakor");

Hujumchilar: Eldor Shomurodov ("Roma" Italiya), Bobir Abdixoliqov ("Nasaf"), Jaloliddin Masharipov ("Istiqlol", Eron), Xojimat Erkinov ("Al Vahda", BAA), Abbosbek Fayzullaev (SSKA Rossiya), Oston O'runov ("Persepolis", Eron).



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia