O'zbekiston MTJ Saudiya Arabistoniga uchib kyetishdan oldin "Jar"da shug'ullandi

Narzulla Saydullayev
19 mar 2023
Srechko Katanets boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi kecha Toshkentda yig'inni boshlagandi.

Bugun terma jamoa a'zolari "Jar" stadionida mashg'ulot o'tkazishdi. O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun tunda Saudiya Arabistoniga jo'nab ketadi. 


Bosh murabbiy Srechko Katanets mazkur yig'inga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxatini ma'lum qilgandi.


Darvozabonlar
- Abduvohid Ne'matov ("Nasaf"), Valijon Rahimov (OKMK), O'tkir Yusupov ("Navbahor")

Himoyachilar - Rustam Ashurmatov ("Rubin"), Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Alibek Davronov ("Nasaf"), Umar Eshmurodov ("Nasaf"), Abdulla Abdullaev (AGMK), Sherzod Nasrullaev ("Nasaf"), Saidazamat Mirsaidov ("Olimpik")

Yarim himoyachilar - Odil Hamrobekov ("Paxtakor"), Aziz G'aniev ("Shabab Al Ahli", BAA), Otabek Shukurov ("Fotih Karagyumruk", Turkiya), Aziz Turg'unboev ("Paxtakor"), Oston O'runov ("Navbahor"), Jamshid Iskanderov ("Navbahor"), Jaloliddin Masharipov ("Al Nassr", Saudiya Arabistoni), Sardor Sobirxo'jaev ("Paxtakor"), Hojimat Erkinov ("Torpedo", Rossiya),

Hujumchilar - Jasur Yaxshiboev ("Navbahor"), Eldor Shomurodov ("Speciya", Italiya), Bobir Abdixoliqov ("Ordabasi", Qozog'iston) 


Saudiya Arabistonida O'zbekiston terma jamoasi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 


24 mart

O'zbekiston – Boliviya

28 mart

O'zbekiston – Venesuela




Foto: O'FA matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia