O'zbekiston MTJ 2 noyabr kuni yig'iladi

Narzulla Saydullayev
25 okt 2019
Noyabr oyida O'zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida Toshkentda ikkita o'yin o'tkazishdan xabaringiz bor.

Vadim Abramov boshchiligidagi milliy terma jamoamiz 2 noyabr kuni yig'in boshlaydi. 9 noyabr kuni Toshkentda Qirg'iziston terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi. 

14 noyabr kuni esa Saudiya Arabistoni va 19 noyabrda Falastin bilan JCH-2022 saralashi doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tadi. Barcha uchrashuvlar Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida o'tkaziladi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia