Osvaldo Yuventusga o'tishi mumkin

Sautgempton hujumchisi Pablo Osvaldo o'z faoliyatini Turinning Yuventus jamoasida davom ettirishi mumkin.
Osvaldo ijara asosida "Inter" safida harakat qilayotgan edi. Biroq Roberto Manchini ushbu hujumchining xizmatlaridan voz kechdi. Ayni paytda Osvaldo o'ziga jamoa qidirish bilan band. Pablo yana "Yuventus"ga qaytishi ham mumkin. "Inter"ga qadar hujumchi bir muddat turinliklar safida ham ijara asosida o'ynab ketgandi.

Shuningdek, Pablo Osvaldoga yana bir qator jamoalar: Milan, KPR, Parma va Kalyari klublari ham qiziqish bildirishmoqda.

Manba: sports.ru