Osiyo chempionlar ligasida bugun bo'lib o'tadigan o'yinlar

Xayrulla Xoliqov
22 apr 2019
Bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-tur uchrashuvlariga start beriladi.

E'tiborimiz dastlab "Lokomotiv" stadioniga, undan keyin "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinga qaratiladi. "Lokomotiv" o'z maydonida Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubini qabul qilsa, "Paxtakor" Dohada "Al Sadd" mehmoni bo'ladi. 

Umuman olganda bugun to'rtta uchrashuv bo'lib o'tadi. "B" va "D" guruhi vakillari 4-tur bahslarini o'tkazishadi. Bugun shuningdek, "Al Vahda" o'z maydonida "Al Rayan"ni qabul qiladi va "Al Ahli" Eronning "Persepolis" klubi bilan bellashadi. 

OCHL. "B" guruhi. 4-tur. 22 aprel 

18:00. "Lokomotiv" - "Al Ittihod"

20:20. "Al Vahda" - "Al Rayan"


OCHL. "D" guruhi. 4-tur. 22 aprel

20:30. "Al Ahli" - "Persepolis"

21:00. "Al Sadd" - "Paxtakor"


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia