O'runov “Spartak”dagi oltinchi o'zbekistonlik

Eldor Akmurzayev
5 avg 2020
Biroz oldin, saytimiz orqali “Ufa” futbolchisi Oston O'runovning “Spartak” (Moskva) a'zosiga aylangani haqida xabar qilgandik.

O'runov “qizil-oqlar” safiga kelib qo'shilgan oltinchi o'zbekistonlikka aylandi. Avvalroq, moskvaliklar tarkibida quyidagi futbolchilar harakat qilishgan:

Andrey Pyatnickiy (keyinchalik Rossiya fuqoroligini olgan) – yarim himoyachi, 1992-1997 yillar davomida o'ynagan

149 o'yin, 32 gol

Klubdagi yutuqlari:

Rossiya chempioni (5): 1992, 1993, 1994, 1996, 1997

SSSR Kubogi sohibi: 1991/92

Rossiya Kubogi: 1993/94

Hamdo'stlik davlatlari chempionlari Kubogi: 1993

Jafar Irismetov – hujumchi, 2001 yil o'ynagan

12 o'yin, 1 gol

Klubdagi yutuqlari:

Rossiya chempioni: 2001

Azamat Abduraimov – hujumchi, 1984 va 1990 yillar o'ynagan

3 o'yin

Valeriy Kechinov (keyinchalik Rossiya fuqoroligini olgan) – hujumchi, 1993-2000 yillar davomida o'ynagan

164 o'yin, 46 gol

Klubdagi yutuqlari:

Rossiya chempioni (6): 1993, 1994, 1996, 1997, 1999, 2000

Rossiya Kubogi: 1993/94

Birodar Abduraimov – hujumchi, 1964 yil faqatgina bir o'yinda maydonga tushgan

KUTILMOQDA...

Oston O'runov – yarim himoyachi, 2020 yildan

Eldor Akmurzaev tayyorladi


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia