O'rtoqlik uchrashuvi. "Nasaf" - "Shaxtyor Qarag'anda" 3:1

Narzulla Saydullayev
20 yanv 2017
Bugun Qarshining "Nasaf" klubi Qarag'andaning "Shaxtyor" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.
Bahsda dastlab qozog'istonliklar hisobni ochishdi. Biroq Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoa bu golga uch bor javob berdi. Aziz G'aniev jarimadan hisobni tenglashtirdi. Shahboz Erkinov va Dragan Cheranning gollari "ajdarlar"ga irodali g'alabani keltirdi - 3:1.


"Nasaf" - "Shaxtyor Qarag'anda" 3:1

Gollar:
Aziz G'aniev, Shaxboz Erkinov, Dragan Cheran

"Nasaf": Sanjar Quvvatov, Farrux Sayfiev, Igor Golban, Sherzod A'zamov, Akmal Shorahmedov, Odil Hamrobekov, Aziz G'aniev, Islom Kenjaboev, Dragan Cheran, Shahboz Erkinov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia