O'rtoqlik o'yini. Klopp asosan yoshlarni sinab ko'rgan bahsda “Liverpul” yirik hisobda mag'lub bo'ldi

Eldor Akmurzayev
1 avg 2022, 08:15
Bir kun oldin Angliya Superkubogini qo'lga kiritgan “Liverpul” kecha mavsumoldi oxirgi o'rtoqlik uchrashuvini “Strasburg”ga qarshi o'tkazdi.

Yurgen Klopp mazkur uchrashuv uchun 16 futbolchini qaydnomadan o'tkazgandi.

Bahsda francuz jamoasi yirik 3:0 hisobida zafar quchdi. Adrien Tomasson dublga erishgan bo'lsa, yana bir golga Habib Diallo mualliflik qildi.

“Liverpul” – “Strasburg” 0:3 (0:3, 0:0)

“Enfild” stadioni

Gollar: Tomasson 4, 21, Diallo 14

“Liverpul” – Devis, Chembers, Gomes, Konate (van den Berg, 57), Mabayya (Fillips, 46), Milner, Baychetich (Klark, 57), Morton, Frauendorf (Musyalovski, 76), Karvalyu, Elliot.

“Strasburg” (asosiy tarkib) – Sels, Le Marshan, Nyamsi, Perren, Senayya, Axolu, Belgard, Lenar, Tomasson, Diallo, Ajork.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia