O'rtoqlik o'yini. Dinamo Qozog'iston klubi bilan durang qayd etdi

Omonjon To`xtamirzayev
3 mar 2023
Dinamo jamoasi yangi mavsum oldidan Toshkentdagi yig'in doirasida navbatdagi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi.

Vadim Abramov shogirdlari bu safar so'nggi mavsum Qozog'iston Premer-ligasida ishtirok etgan Aris klubiga qarshi maydonga tushib, durang qayd etdi – 1:1. Raqib 2-bo'lim boshida penaltidan hisobni ochgan bo'lsa, 85-daqiqada Kojo Joel javob goliga mualliflik qildi.


3 mart (juma)
O'rtoqlik o'yini. Toshkent
Dinamo - Aris (Qozog'iston) - 1:1
Gollar: Kojo Joel 85 – 49 penalti.

Dinamo: Farhod Rahmatov, Evgeniy Nazarov, Xurshid Ubaydullaev, Salim Mustafoev, Koike Yuday, Francis Narx, Abdujamol Isroilov, Erkin Baydullaev, Elguja Grigalashvili, Hazrat Tursunqulov, Koja Joel.
Zaxiradan maydonga tushganlar: R.Yagudin, K.Sharofutdinov, V. Oqbo'taev, J. Malikov, Derrik, Dilshod Rahmatullaev, M. Asadullaev, B. Mamadaminov, V.Akopov, B. Abduvaliev, B. Nasimov.


Dinamo PFK telegram-kanali


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia