Orif Mamatkazin: "Mag'lubiyatda murabbiy aybdor, demak men aybdorman"

Narzulla Saydullayev
26 avg 2016, 21:46
"Andijon" bosh murabbiyi Orif Mamatkazin "Buxoro"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Avvalo barchani O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi bilan tabriklayman. Xalqimizga bayramga sovg'a tayyorlamoqchi edik. Afsuski bu futbol. Muxlislarimizdan uzr so'rayman. Tezkor ikkita gol bizga ta’sir qildi. O'zimiz tushib qolgan "botqoqlik"dan chiqib kyetishga urinamiz. Harakat qilishda davom etamiz. Hali oldinda o'yinlar ko'p. Ikkinchi bo'lim boshida hujumni kuchaytirishga harakat qildik. Mag'lubiyatda murabbiy aybdor, demak men aybdorman", - deydi Mamatkazin.

"Andijon" matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia