"Olimpiakos" 47-marta Gretsiya chempionligini qo'lga kiritdi

Sherzod Nurmatov
5 may 2022
Gretsiya chempionati 2021/22 yilgi mavsumida Pirey klubiga teng keladigani topilmadi.

"Olimpiakos" asosiy raqibi PAOKni 2:1 hisobida mag'lub etib, chempionlikni muddatidan avval rasmiylashtirdi.

Pireyliklar g'alabadan so'ng mavsum yakuniga to'rt tur qolganda turnir jadvalida PAOKdan 16 ochkoga oldinda borishmoqda.

Portugaliyalik Pedru Martinsh bosh murabbiyligidagi "Olimpiakos" ketma-ket uchinchi marta mamlakat chempioniga aylandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: greekreporter.com