OCHL-2017. "Shanxay SIPG"ning pley-offdagi raqibi ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
31 yanv 2017
Bugun OCHL-2017 saralashi doirasidagi Tailandning "Sukxotai" va Myanmarning "Yadanarbon" klublari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tailand klubi o'z maydonida raqibga hech qanday imkoniyat qoldirdi va 5:0 hisobida g'alabaga erishdi. "Sukxotai" keyingi bosqichda Xitoyning "Shanxay SIPG" klubiga qarshi o'ynaydi.

Ushbu klubda o'zbekistonlik Odil Ahmedov o'ynashidan xabaringiz bor. 7 fevraldagi o'yin Xitoyda bo'lib o'tadi. G'olib guruh bosqichiga yo'l oladi.


"Sukxotai" - "Yadanarbon" 5:0
Gollar:
Katano 11, Tiamrat 16, Adrovich 61 penalti, 74, Gayasit 90



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia