"Obod". "Maxtaaral"ni mag'lubiyatga uchratdik

Aslanov Jasurbek
10 yanv 2017
Bugun jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonidagi ilk o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Qozog'istonning "Maxtaaral" klubiga qarshi nazorat bahsi gollarga boy o'tib, bellashuvda jamoamiz g'alaba nashidasini surdi. Aytish kerak, "Obod" murabbiylar shtabi mazkur o'yinda ko'rikdan o'tayotgan futbolchilarning xizmatidan foydalandi. Hisobni Anvar Rahimov penaltidan unumli foydalangan holda ochdi. Shundan so'ng, Humoyun Abdualimov va Sanjar To'raqulov mehmonlar darvozasini yana ikki bor ishg'ol qildi. "Maxtaaral" a'zolari vakillarimizning uch goliga ikki to'p bilan javob qaytardi. Shu tariqa uchrashuv jamoamizning g'alabasi bilan yakunlandi.

Eslatib o'tamiz, jamoamiz navbatdagi nazorat uchrashuvini 14 yanvar kuni "Paxtakor"ga qarshi o'tkazadi.


O'RTOQLIK UCHRASHUVI

OBOD - MAXTAARAL - 3:2 (2:1)

10 yanvar. "Obod" maydoni.

Bosh hakam: Dmitriy Pislegin.

Gollar: Anvar Rahimov, Humoyun Abdualimov, Sanjar To'raqulov.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcobod.uz