"Obod" futbol maktabiga qabul davom etadi

Aslanov Jasurbek
27 dek 2016, 21:29
2017 yil oliy ligada ikkinchi mavsumini o'tkazadigan "Obod" futbol maktabiga qabul davom etadi.
Kelgusida taniqli futbolchi bo'lish, o'zbek futboli dovrug'ini yanada ko'tarish istagida bo'lgan yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida maktab qabulni davom ettiradi. Maktabimizda 2003-2010 yillarda tug'ilgan bolalar va o'smirlar millionlar o'yinining ilk sir-asrorlarini o'rganishlari mumkin.

Manzil: Obod futbol klubi sun'iy qoplamali maydoni.

Mo'ljal: metroning Mashinasozlar bekati hamda Temiryo'lchilar shifoxonasi.

10, 28, 44, 72-avtobuslarning Temiryo'lchilar shifoxonasi, 1, 30, 96-avtobuslarning Tashselmash zavodi bekati.

Telefonlar: +998903221033; +998935540220

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcobod.uz