

Avvalroq, Feliks Cvayerning yarim finalga tayinlovi qayta ko'rib chiqilishi va hakam alishtirilishi mumkinligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. Bunga deyarli 20 yil avval bo'lib o'tgan ish sabab bo'lishi mumkin edi.
2005 yil hakam boshqa bir hamkasbi Robert Xoyzyerdan 300 evro pora olgandi. Aynan Xoyzer nemis ligalaridan birida kelishilgan o'yinlarni tashkillashtirishda ayblangandi. Keyinroq Cvayer 6 oyga diskvalifikaciya qilingandi.



