

Uchrashuvda kiritilgan uch golni parijliklar forvardi Neymar kiritdi. Shu orqali Neymar YCHLda uch marta xet-trik qayd etgan ettinchi futbolchiga aylandi. Leo Messi va Krishtianu Ronalduda xet-triklar soni 8tani tashkil qilsa, Robert Levandovski, Mario Gomes, Filippo Indzagi va Luis Adriano 3 marta bunday natijaga erishgan.
Neymar YCHLdagi 65 o'yinida 41 gol va 24 assistni hisobiga yozdirib qo'ygan.



