Nevill: "Van Gal xatolarini to'g'irlash uchun Mourinyoga ko'proq pul kerak"

Aslanov Jasurbek
13 avg 2018, 08:25
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Gari Nevillning fikricha, jamoa sobiq bosh murabbiyi Lui van Galning transfer kampaniyasi xatolarini tuzatish uchun "qizil iblislar" ustozi Joze Mourinyo ko'p pul sarflashi kerak.

"Ser Aleks Fergyuson ketganidan so'ng "Manchester Yunayted" 700 mln. funt sarfladi. Bu juda katta pul.

Agar olti yil oldin MYU yaqin yillar ichida 700 mln. funt sarflaydi deyishsa, ular bir nechta sovrin yutib olishadi deb o'ylagan bo'lardim.

Hammasi ular o'ylagandek bo'lmadi. Ha, Joze Mourinyo ko'p pul ishlatdi, ammo Lui van Galning transferlari noto'g'ri bo'lgan. Shu sababli Joze klubdagi ko'plab futbolchilar bilan xayrlashdi va ularning o'rniga boshqa o'yinchilarni olib keldi.

Menga Mourinyo xarid qilayotgan o'yinchilar yoqadi. Ular men klubda ko'rishni istagan futbolchilar" - deydi Nevill.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Express