Nega "Real" "chempionlik yo'lakchasi"ni rad etdi?

Aslanov Jasurbek
23 yanv 2022
Ispaniya chempionati 22-turi doirasida "Real Madrid" "Elche"ni qabul qilmoqda.

Uchrashuvdan avval mehmonlar "Qirollik klubi" bilan aloqaga chiqib, mamlakat Superkubogidagi g'alaba bilan yana bir bor tabriklab, maydonda ular uchun "chempionlik yo'lakchasi" tashkil qilib berishlarini ma'lum qilishgan. 

Biroq "Real" vakillari yo'lakcha shart emasligi va uning o'rniga, yaqinda hayotdan ko'z yumgan Fransisko Xento xotirasiga bir daqiqa sukut saqlashni so'ragan. 

Guvohi bo'lganingizdek, barcha "Real" afsonalaridan birini yodga olib, bir daqiqa sukut saqladi.  


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia