Nazorat bahsi. “Nasaf” Braziliya klubini mag'lub etdi

Khoja
24 yanv 2024
Turkiyada yig'in o'tkazayotgan Qarshining “Nasaf” jamoasi navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Bu safar Ro'ziqul Berdiev shogirdlari Braziliyaning "Maauaense" jamoasi bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning beshinchi daqiqasida Doniyor Narzullaevning goli bahsda yagonaligicha qoldi va qarshiliklarga g'alaba keltirdi.


Nasaf - Mauaense (Braziliya) 1:0
23 yanvar, Antaliya
Gol: Narzullaev (5).
Nasaf - Umid Ergashev (Adham Musulmonov), Igor Golban (G'olib G'aybullaev), Zafar Hakimov (Javohir O'tamurodov), Shuhrat Muhammadiev, Sharof Muhiddinov (Shahzod Akramov), Bekjon Jo'raboev (Islom Kenjaboev), Nodirbek Mukarov (Akmal Mozgovoy), Marko Stanoevich (Asliddin Tursunpo'latov), Temur Chogadze (Jaba Jigauri), Oybek Bozorov (Javohir Siddiqov), Doniyor Narzullaev (Murod Rahmatov).


KhojaMuallif
Manba: https://t.me/fcnasaf