Naynggolan "Roma"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
29 noya 2018, 12:42
"Inter" bosh murabbiyi Luchano Spalletti "Tottenxem"ga qarshi bahsda jarohat olgan Raja Naynggolan holati haqida ma'lumot berdi.

"Roma"ga qarshi bahsda Raja ishtirok etmasa kerak. Unda yana mushak muammolari paydo bo'ldi. O'yin payti u yugurishga qiynaldi.

Buni avvalroq payqaganimda, Rajani almashtirgan bo'lardim. Uni maydonga tushirib xato qildim, ammo bahsdan oldin tibbiy xodim va futbolchi bilan suhbatlashdim, hammasi joyida edi" - deydi Spalletti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia