Navoiydagi 14 yillik g'alabasiz davr - "burgutlar"ning omadli yurishi davom etadimi?

Sherzod Nurmatov
3 mar 2026, 12:55
Chempionat startini yirik g'alaba bilan boshlagan "Andijon" ikkinchi turda "Qizilqum" mehmoni bo'ladi.

"Burgutlar" 14 yildan buyon Navoiyda raqibidan ustun kela olayotgani yo'q. Jamoa oxirgi martta 2012 yilgi mavsumda ortga 3 ochko bilan qaytgan. Keyingi 9 ta uchrashuvning 3 tasida durang, 6 tasida mezbonlarning qo'li baland kelgan.

Superliga-2012

15.06.2012. 10-tur

"Qizilqum" – "Andijon" 1:2

Gollar: Vladimir Shishelov 34, G'ulom Urunov 67, Bekzod G'oziev 82

"Qizilqum": Erkin Jabborov, G'ulom Urunov, Avaz Agaliev, Timur Kagirov, Rustam Boqiev, Andrey Vlasichev, Alisher Samatov, Sanat Shixov, Azamat Bobojonov, Sherali Jo'raev, To'lqin Mirzaev.

Zaxira: Feruz Boboqulov, Ilya Ilin, Azizjon Abdullaev, Akmal Xoliqov, Eldor Tojiboev.

"Andijon": Lochin Dolimov, Maqsudjon Xaitov, Ildar Mamatkazin, Ibrohim Otaxonov, Aziz G'ulomxo'jaev, Rasul Rahmonov, Aziz Jo'raev, Ikromjon Ibragimov, Rustam A'zamov, Bahrom Abdurahimov, Vladimir Shishelov.

Zaxira: Bekzod G'oziev, Farhod Toirov, Lochin Soliev, Alisher To'xtasinov, Aleksandr Petuxov, Islom Ahmedov, Azamat Isaev.

Ma'lumot uchun, uchrashuv Navoiydagi "Yoshlar" sport majmuasida 4 mart kuni 19:15 da start oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia