

Ertaga kun tartibida esa bir emas ikki markaziy to'qnashuv bor. Chempionlik uchun kurashayotgan "Neftchi" "Istiqlol" stadionida karvonboshi "Nasaf"ni qabul qiladi. Jamoalar shu kungacha Superliga doirasida Farg'onada 26 marotaba uchrashgan, 12 ta o'yinda mezbonlar g'alabani o'ziniki qilgan. 10 ta bahsda durang, 4 ta o'yinda "ajdarlar"ning qo'li baland kelgan.
"Nasaf" oxirgi marotaba 2017 yilgi mavsumda raqibining maydonida 3 ochkoni qo'lga kiritgan.
22.11.2024. "Neftchi" - "Nasaf" 2:0
02.07.2023. "Neftchi" - "Nasaf" 2:1
22.06.2022. "Neftchi" - "Nasaf" 1:1
22.09.2018. "Neftchi" - "Nasaf" 3:1
01.03.2018. "Neftchi" - "Nasaf" 0:0
13.10.2017. "Neftchi" - "Nasaf" 0:3
Uchrashuv ertaga 19:00da start oladi



