"Napoli" "Liverpul" himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
20 mar 2021, 13:12
"Liverpul" himoyachisi Konstantinos Cimikas faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

24 yoshli futbolchi bilan "Napoli" shartnoma imzolamoqchi. Klub rahbariyati o'yinchi uchun yozgi transfer oynasida shartnoma taklif qilmoqchi.

Konstantinos joriy mavsum 6ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt uni 8 million evroga baholagan.

Neapolliklar ayni damda A Seriyada 50 ochko to'plagan holda jadvalda 5-o'rinda borishmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Corriere Dello Sport