

“Burchak zarbalaridan keyin urilgan ikkala gol ham menga yoqdi, chunki kecha 25 daqiqa standartlar ustida ishlagandik. Menga natija maqul keldi, ammo o'yinimiz emas. Uchrashuv unchalik qiyin o'tmadi, lekin 1-taymda keraksiz vaziyatlarda to'pni yo'qotdik. Smolling nega almashtirildi? Bu ko'proq charchoq bilan bog'liq degan umiddaman. Zanologa kelsak, unga nima bo'lganini bilmayman. Jiddiy jarohat emas deb o'ylayman”, deya qayd etgan portugaliyalik.
Rimliklar mazkur g'alabadan keyin 28 ochko bilan turnir jadvalida 6-o'ringa ko'tarildi.



