"Monako" himoyachisi Kurzava PSJga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
13 avg 2015, 18:14
"Monako" himoyachisi Leyvin Kurzava tez orada PSJ futbolchisiga aylanishi mumkin.

22 yoshli francuz PSJdan "Roma"ga o'tadigan Luk Dinning o'rnini egallaydi. Parij klubi Kurzava uchun 15 mln. evro to'laydi. Ma'lum bo'lishicha, "Monako" rahbariyati taklifni qabul qilgan. Futbolchi shu kunlarda PSJ bilan shartonma shartlarini kelishib oladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, PSJ futbolchiga yiliga 6 mln. evro to'lashga tayyor.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com