Mirjalol Qosimov: "Har qanday musobaqada finalga chiqish yoqimli"

Narzulla Saydullayev
22 okt 2019, 20:45
O'zbekiston Liga kubogi yarim finali doirasidagi AGMK - "Dinamo" (3:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.

"Finalga chiqqanimizdan xursandmiz. Har qanday musobaqada finalga chiqish yoqimli. Nafaqat O'zbekiston kubogi, balki Liga kubogida ham yaxshi natija qilish kerak. Bu ham o'ziga yarasha tarix. Mavsum so'nggida har uch kunda o'yin bo'lmoqda, shu bois kichik rotaciya qildik. Birinchi goldan keyin yigitlar biroz xotirjamlikka berilishdi. Futbolda bu ko'p kuzatiladi, ikkinchi taymda barchasini joyiga qo'ydik hamda finalga chiqdik", - deydi Qosimov. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia