"Mirandes" 8 yil ichida quyi ligadan Ispaniya Kubogi yarim finaliga chiqqan ilk jamoa

Alisher
6 fev 2020, 11:07
"Mirandes" Ispaniya Kubogi 1/4 final doirasidagi "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda g'alaba qozonib yarim finalga chiqdi.

2011/12 yilgi mavsumdan beri Kubok yarim finallariga faqat La Liga jamoalari chiqayotgan edi. Quyi diviziondan chiqqan so'nggi jamoa ham aynan "Mirandes" edi.

Burgos shahri jamoasi hozirda Segundada harakat qilmoqda. 2011/12 yilgi mavsumda esa uchinchi divizion hisoblangan Segunda B da ishtirok etgan.

"Mirandes" o'sha mavsum 1/2 finalda "Atletik"ga (1:2, 2:6) ikki o'yin natijasiga ko'ra yutqazgan.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia