Milichkovich "Metallurg"ning 900-goli muallifi

Tolibjon Qosimov
8 may 2024
Kecha Superliga 6-turi doirasida "Paxtakor" va "Metallurg" jamoalari Toshkentda bahs olib borishganidan xabaringiz bor.

Uchrashuv 4:3 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.

Bekobod klubi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, "Metallurg" jamoasi ana shu o'yinda o'zining kuchlilar ligasidagi 900-golini kiritdi. Bu yubiley gol chernogoriyalik legioner Marko Milichkovich hisobiga yozildi. Milichkovich 60-daqiqada penaltidan hisobni qisqartiruvchi golni kiritdi. "Metallurg"ning 901-goliga esa tojikistonlik yosh hujumchi Daler Sharipov mualliflik qildi.

Ma'lumot uchun "Metallurg" kecha kuchlilar safida 751-uchrashuvini o'tkazdi. Bekobodliklar mazkur o'yinlarning 248 tasida g'alaba qozongan, 164 ta bahsda durangga imzo chekkan va 339 ta o'yinda imkoniyatni boy bergan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi – 901:1129.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Металлург" матбуот хизмати