"Milan"ning o'tgan mavsumdagi asosiy hujumchisi klubni tark etmoqchi

Tolibjon Qosimov
5 avg 2017, 21:27
"Milan" hujumchisi Karlos Bakkaning agenti Serxio Barilya mijozining kelajagi borasida gapirib o'tdi.

"Hozir Karlos "Sevilya"ga qaytishni xohlayotgani sir emas. Bu shahar unga sport borasida ham, shaxsiy jihatdan ham yoqadi. Shuning uchun ham u qaytmoqchi.

Futbolchilar uchun bu yil juda muhim, sababi oldinda Jahon chempionati turibdi. Mundialda ishtirok etish uchun unga ko'proq o'yin amaliyoti kerak. Karlos jismoniy jihatdan juda yaxshi formada va mavsumni yorqin o'tkazishga tayyor.

Afsuski, "Milan"da rahbariyat o'zgardi. Endi klubda boshqa g'oyalar bor. Barcha tomonlarni qoniqtiradigan variantni topish kerak", - dedi Bakkaning agenti.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Italia