"Milan" Liga 1 o'yinchisini kuzatmoqda

Sherzod Nurmatov
21 sen 2022, 16:35
Italiyaning "Milan" klubi Fransiya chempionatida to'p tepuvchi Jeremi Dokuning o'yinlarini kuzatib bormoqda.

20 yoshli vinger ancha vaqtdan buyon San Siro ierarxiyasi radarlarida bo'lib kelayotganiga qaramay, klub aniq qarorga kelish uchun futbolchining ushbu mavsum "Renn"dagi harakatlariga e'tibor qaratadi. 

Doku Belgiyaning mart oyida bo'lgan Belarusga qarshi yirik 8:0 hisobida tugagan o'yinida 3 ta golga hissa ko'shgan edi. Biroq o'shandan buyon futbolchi aksariyat o'yinlarda zaxira o'rindig'ida qolib ketmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato