"Milan" janubiy koreyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
24 fev 2018, 15:32
"Milan" rahbariyati va murabbiylar shtabi "Suonsi"ning janubiy koreyalik yarim himoyachisi Ki Son Yonga qiziqish bildirmoqda.

"Rossonerlar" rahbariyati Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchisini 2013/14 mavsumdan beri u "Sanderlend"da o'ynagan paytidan kuzatmoqda. Yarim himoyachi va "Suonsi" o'rtasidagi bitim joriy mavsum oxirida yakuniga etadi, shu sababli u "Milan"ga erkin agenti sifatida o'tishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport