"Metallurg"ning ikki futbolchisi "Buxoro"da

Sherzod Nurmatov
9 yanv 2023
Superligaga qaytgan "Buxoro" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Ayni paytda Hakim Fuzaylov boshchiligidagi "Buxoro" "Bunyodkor"ga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazmoqda. Mazkur bahsda buxoroliklar safida "Metallurg" sobiq futbolchilari Farruh Ibrohimov va Ixtiyor Toshpo'latov maydonga tushdi. 



Ma'lumot uchun, Farruh Ibrohimov 2022 yil Superligada 24 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Ixtiyor Toshpo'latov esa 20 ta bahsda ishtirok etdi.

Oldinroq "Metallurg" himoyachisi Abbos Otaxonov "Buxoro" bilan shartnoma tuzgani haqida xabar bergan edik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia