Mbappe Fransiyaning navbatdagi yig'iniga chaqirilmadi

Omonjon To`xtamirzayev
7 noya 2024, 19:59
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasining bo'lajak o'yinlariga jalb etilmaydi.

Jarohat sabab futbolchi terma jamoaning oktyabr oyidagi o'yinlarini o'tkazib yuborgandi. Bu safar u jarohatidan forig' bo'lgan bo'lsada, terma jamoa qaydnomasiga kiritilmadi.

Millatlar ligasi doirasida Fransiya Isroil (14 noyabr) va Italiya (17 noyabr) bilan ro'baro keladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: rmcsport.bfmtv.com