Maurisio Pochettino: "Chelsi" muxlislarini tushunaman"

Mirjalol Normatov
3 sen 2023, 14:35
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Nottingem Forest"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin muxlislarning xushtaklari haqida gapirdi.

"Muxlislarni tushunaman, ular yaxshi natijalarga o'rganib qolishgan. Undan tashqari, jamoaning yaxshi o'yin ko'rsatishini istashadi. Ha, biz yaxshi o'ynay olmayapmiz. Biroq umuman olganda biz yomon o'ynayotganimiz yo'q", - dedi Pochettino.

Ayni damda londonliklar APL turnir jadvalida 11-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 17 sentyabr kuni "Bornmut"ga qarshi o'tkazadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal