Maurisio Pochettino: "Chelsi" APL yoki YCHLning amaldagi g'olibi emas"

Mirjalol Normatov
24 sen 2023, 16:47
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoasi har bir uchrashuvda g'alaba qozonishi kerakligi borasidagi fikrga qo'shildi.

"Ha, ammo biz YCHL yoki APLni yutgan o'sha paytlardagi "Chelsi" emasmiz. Faktlarni to'g'ri qabul qilish kerak.

Bizda aniq loyiha bor va shuning ustida ishlarni davom ettiryapmiz. G'oyalarimiz etarli. Vaqtlar o'tishi bilan nimadirlar quramiz va bu kelajak uchun foydali bo'ladi", - dedi Pochettino.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal