Marselino "Sevilya" taklifini rad etdi

Omonjon To`xtamirzayev
10 okt 2023, 18:03
Xose Luis Mendilibarni iste'foga chiqargan "Sevilya" rahbariyati bosh murabbiy izlashni davom ettirmoqda.

Birinchi nomzod ispaniyalik Marselino Toral Garsiya edi, ammo tomonlar shartnoma shartlari borasida kelisha olishmadi (ma'lumotlarga qaraganda, gap shartnoma muddati haqida ketmoqda).

Eslatib o'tamiz, 58 yoshli mutaxassis 20 sentyabrdan buyon ishsiz. O'shanda u "Marsel" boshqaruvini tark etgandi. Eslatib o'tamiz, Marselino 2011/2012-yilgi mavsumda "Sevilya"ni boshqargan.

"Andalusiyaliklar" La Ligada 16-o'rinni egallab turibdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: mundodeportivo.com