Marselino - "Atletik"ning yangi bosh murabbiyi

Alisher
4 yanv 2021
"Atletik" yangi bosh murabbiy Marselino bo'lganini e'lon qildi.

Ispaniyalik mutaxassis bilan 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzildi.

55 yoshli Marselino iste'foga chiqarilgan Gaiska Garitanoning o'rnini egalladi. Marselinoning so'nggi ish joyi "Valensiya" bo'lgan edi. Mutaxassis bosh murabbiy sifatida umumiy La Ligada 320ta o'yin o'tkazgan.

Bilbao klubi esa joriy mavsum Ispaniya chempionatida 9-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Athletic_en