Markos Lorente Ronalduning natijasini takrorladi

Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Markos Lorente YCHL 1/8 final bosiqichi doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi.

Ispaniyalik xavbek musobaqaning qo'shimcha bo'limlarida ikkita gol urgan tarixdagi ikkinchi futbolchiga aylandi. Bu ishni birinchi bo'lib Krishtianu Ronaldu uddalagandi. U 2017 yil bahorida "Bavariya" darvozasini ekstra-taymlarda ikki bor ishg'ol qilgan edi.

YCHL. "Atletiko" ekstra-taymlarda "Liverpul"ni tiz cho'ktirdi


Manba: Mister Chip