Mario Gomes: "Beshiktosh"da barchasi qoniqtirmoqda"

Narzulla Saydullayev
5 dek 2015
"Beshiktosh" hujumchisi Mario Gomes Istanbulda baxtli ekanini aytib o'tdi.

"Men Italiyaga qaytmoqchi emasman, bu yerda barchasi yoqmoqda. Myunxenda ham barchasi yaxshi edi. Bu yerda barcha narsa bor.

Italiyada jamoa yashashi uchun yaxshiroq joyning o'zi ham yo'q edi. Biz uch yulduzli mehmonxonalarda turardik. Turkiyada vaziyat butkul boshqacha. Barcha joyda ajoyib xizmat va qulaylik bor. Shunday ekan nima uchun boshqa joyga kyetishim kerak?".

Gomes "Beshiktosh" safida 17ta o'yinda o'z hisobiga 10ta gol yozib qo'ydi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Football-italia.net