Mannone uch oy maydonga tusha olmaydi, "Sanderlend" yangi posbon izlamoqda

Aslanov Jasurbek
26 avg 2016
"Sanderlend"ning asosiy darvozaboni Vito Mannone jarohat tufayli kamida uch oy maydonga tusha olmaydi.

"Mannonening jarohati - klubimiz uchun yomon yangilik. Hozircha jarrohlik amaliyoti borasida bir qarorga kelganimiz yo'q, ammo jarohat jiddiy. Shifokorning taxminiga ko'ra, davolanish uchun uch oy kerak ekan. Bu biz uchun jiddiy yo'qotish . Endi transfer oynasi yopilguniga qadar rejalarimizni qayta ko'rib chiqishimiz kerak. Yangi posbon izlaymiz, chunki qo'l ostimizda faqat yosh Pikford bor" - deydi Moyes.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports