Mandanda ham Fransiya termasidagi faoliyatini yakunladi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2023, 11:39
"Renn" posboni Stiv Mandanda Fransiya termasidagi faoliyatini yakunladi.

Bu haqda "L’Equipe" xabar bermoqda.

Mandanda 2008 yildan buyon Fransiya termasida ham o'ynayotgandi. Uning hisobida 35 o'yin bor. Shulardan 14tasida u darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. U terma tarkibida jahon chempionligi va Millatlar ligasi g'olibligini qo'lga kiritgan.

Oldinroq Ugo Loris ham termadagi faoliyatini yakunlaganini aytgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe