“Manchester Siti” Saneni sotib yuborishi mumkin

5 may 2019, 09:50
“Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Leroy Sane bilan xayrlashishi mumkin.

“Shaharliklar” rahbariyati futbolchini sotish variantini ko'rib chiqmoqda. “Daily Recordning tasdiqlashicha, ushbu yozda futbolchi boshqa klubga transfer qilinishi mumkin. 

Nemis futbolchisi “Siti” ustozi bilan yaxshi munosabatda emas. Shu bois kelayotgan transfer oynasi vaqtida u yangi jamoaga o'tishi mumkin.

Joriy mavsumda Sane APLda 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol kiritishga erishdi.


Manba: Daily Record