"Liverpul" bosh murabbiyi Brendan Rojers nima uchun Lukas Leyva "Everton"ga qarshi o'yinda maydonni erta tark etganiga izoh berib o'tdi.
"Leyva o'yin vaqtida o'zini noqulay his qildi. Uni almashtirish zarur edi. Uning sog'lig'ida muammolar borga o'xshaydi. Tibbiy ko'rik natijalarini kutishimizga to'g'ri keladi", - deydi "qizillar" ustozi.