Lukaku Belgiya terma jamoasi rekordchisi!

Narzulla Saydullayev
15 noya 2017, 08:55
Belgiya terma jamoasi kecha Yaponiya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Uchrashuv taqdirini Romelu Lukaku tomonidan urilgan gol hal qildi - 1:0. Shu tariqa, MYU hujumchisi terma jamoa safida urgan gollari sonini 31taga etkazib oldi va bu borada mutloq rekordchiga aylandi. 

Bunga qadar Belgiya terma jamoasining eng yaxshi to'purarlari 1928-1940 yillarda terma jamoada o'ynagan Bernard Vurxuf va 1960-1974 yillarda Belgiya safida to'p tepgan Pol Van Ximst hisoblanardi. Ular hisobida 30tadan gol bor edi. 

Belgiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarlar:
Romelu Lukaku - 31
Bernard Vurxuf - 30
Pol Van Ximst - 30
Yozef Mermans - 28
Mark Vilmots - 28
Robert De Vin - 26
Uesli Sonk - 24
Ray Breyn - 23
Mark Dergysi - 23
Yan Seulemans - 22


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe