

“Raja - turbina, u bizga yetishmagan qo'shimcha zaxira energiya manbayi. Uning “Inter”ni tanlaganidan xursandman. Unda istalgan raqib bilan kurashishga imkon beruvchi hamma narsa bor. U haqiqiy nindzya”,-deydi Spalletti.
Ma'lumot uchun Raja “Roma” safida 2014 yildan beri to'p surib kelayotgan edi. O'tgan mavsumda futbolchi “Roma” safida 42 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



