Loran Blan murabbiylik faoliyatiga qaytishi mumkin

6 fev 2019, 08:30
“Bordo” va PSJ klublarining sobiq bosh murabbiyi Loran Blan yana murabbiylik faoliyatiga qaytishi mumkin.

Blan “Marsel” jamoasini qabul qilib olishi mumkinligi haqida xabar berildi. Klub prezidenti Jak-Anri Eyro Fransiya terma jamoasi sobiq himoyachisining xizmatlariga qiziqib qoldi.

“Marsel” ayni damda Fransiya chempionatidan 23 turdan so'ng 7 o'rinda bormoqda.


Manba: L'Equipe